Oʻzbekistonlik yigit Spark a avtomashinasida Yevropaga safar qildi

Oʻzbekistonlik Mirfayoz Mirboboyev Spark mashinasida Toshkentdan Yevropagacha minglab kilometr masofani bosib oʻtdi. U oʻz safarini Instagram’dagi akkauntida yoritib bormoqda.
Mirboboyev mashinasida Qozogʻiston va Rossiyadan oʻtib, Yevropaning 15 ta mamlakatiga sayohat qilish niyatida ekanini aytgan.
U Yevropaga yetib borib, bir necha mamlakatni kezib chiqishga ulgurdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqqa joylagan videolarida sayohatchi-bloger Latviya, Estoniya va Finlandiyani aylanib chiqqanini koʻrsatdi. Ta'kidlanishicha, Toshkentdan Finlandiyagacha boʻlgan masofa unga atigi 600 dollarga tushgan.
Hozirda Mirboboyev Norvegiyaga yetib borgan.
Uzoq masofaga piyoda yoki bitta transportda safar qilish oʻzbekistonlik blogerlar orasida trendga aylanmoqda. Ushbu trend 2024 yilda Instagram’da Why Shoha nomi ostida faoliyat yuritadigan yigitning Andijondan Qoraqalpogʻistonga piyoda safaridan soʻng keng ommalashdi. Bloger Nukusgacha boʻlgan masofani 52 kunda bosib oʻtganini aytgan.

Izohlar 0
…