Foto: Ferra.ru
Koʻpchilik kunni qahva bilan boshlashga odatlangan, ammo sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchilar orasida koʻk choyga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Muntazam koʻk choy ichish qanday afzalliklarga ega va bu odat umumiy salomatlikka qanday ta'sir qiladi?
Yaponiyada oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, qahva oʻrniga muntazam koʻk choy iste'mol qilish keksa odamlar miyasidagi oq modda shikastlanishidan hosil boʻladigan dementsiya holatlarini kamaytiradi, deb yozadi The Telegraph'ga tayangan holda Daryo nashri.
Qahva yalligʻlanishga qarshi ta'sirga ega ichimlik boʻlsa-da, koʻk choy kabi koʻplab va uzoq muddatga etadigan foydali emas. Koʻk choy uning shifobaxsh xususiyatlarini kuchaytiruvchi katexinlarni oʻzi ochiga oladi. Ushbu antioksidantlarning 80 foizi foydali turdagi moddalar — epigallokatexin gallat (EGCG) dan iborat. Ular hujayralarga zarar etkazmasdan oldin organizmdagi oksidlovchilarni faolsizlantiradi. Bundan tashqari, ushbu birikmalar insulin ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi ta'sirga ega.
“Erkin radikallar bu yalligʻlanish va tanaga zarar etkazishi mumkin boʻlgan molekulalar sanaladi. Koʻk choydagi antioksidantlar esa erkin radikallarni zararsizlantirishga xizmat qiladi” deya ma'lumot berdi Dietitian UK markazi diyetologi Priya Tyu.
Yapon ilmiy jurnalida nashr etilgan maqolaga koʻra, koʻk choyning himoya ta'siri bosh miyada “amiloid β” nomli zararli moddalar toʻplanishining oldini oladi. Ushbu modda Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan odamlarning miyasida joylashgan quyqalarning asosiy komponenti hisoblanadi.
Dietolog Priya Tyuning soʻzlariga koʻra, keksayganda aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytirish uchun kuniga bir piyola koʻk choy etarli emas. Bir kunda 3-7 stakan ichishgina sezilarli foyda keltirishi mumkin.
Koʻk choyning yuqoridagi afzalliklari bilan bir qatorida, diyetolog mutaxass Rob Hobson quyidagi ma'lumotlarni qayd etdi:
“Koʻk choy yurak xastaliklarining oldini olishga ham yordam beradi. 2022 yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, muntazam ravishda koʻk choy iste'mol qilish taxikardiya, yuqori qon bosimi kasalliklarini bartaraf etish va lipidlarni kamaytirishi mumkinligi haqida ilmiy dalillar mavjud”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar