18:31 / 06.02.2025
0

Oqdaryoda YPX xodimining talabiga boʻysunmagan haydovchi qamoqqa olindi (video)

Oqdaryoda YPX xodimining talabiga boʻysunmagan haydovchi qamoqqa olindi (video)
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmagan haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllandi.

Joriy yil 4 fevral kuni soat 19:10 larda Oqdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomagistralida YPX inspektori toʻxtash qoidalarini buzgan Cobalt haydovchisini toʻxtatgan. Haydovchidan hujjatlar talab qilingan, biroq u hujjatlarini taqdim qilishdan bosh tortib, harakatni davom ettirgan.

Haydovchi qilgan ishidan afsusda

Keyinroq haydovchi qonunbuzarligi uchun afsusini bildirib, shunday degan:

«Kecha men YPX xodimiga hujjat bermasdan, mashinani haydab ketib yubordim. Baribir meni topib, ushlashdi. Bu harakatim uchun pushaymonman. YPX xodimlaridan va oila a'zolaridan uzr soʻrayman. Barcha haydovchilarga tavsiyam — qonunga boʻysunsinlar, menga oʻxshab shu kabi vaziyatga tushib qolmasinlar».

Jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 1-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va protsessual tartibda hibsga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat