00:17 / 07.02.2025
100

Davron Fayziyev: "Katanes oʻrniga xorijiy murabbiy varianti ham koʻrib chiqildi"

Davron Fayziyev: "Katanes oʻrniga xorijiy murabbiy varianti ham koʻrib chiqildi"
"Futbol" telekanalidagi "Gol" koʻrsatuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon boʻldi. Ushbu koʻrsatuvda OʻFA media departamenti rahbari Davron Fayziyev ham ishtirok etdi.

"Katanes noyabr oyida Qatardagi oʻyin vaqtida ham oʻzini yomon his qilgan va rahbariyatga murojaat qilib iste'fo berish variantini koʻrib chiqishni soʻragandi. Ammo u paytda bir-ikki kunlik masala edi (qisqa vaqtda safarda KXDRga qarshi oʻyin bor edi). Jamoani qiyin holatda tashlab ketish mumkin emasdi. Shu bois hamma kelishgan holda oʻsha yigʻinni ham birga yakunlashdi.

Katanes yanvar oyidagi yigʻinga ham kela olmasligi oydinlashgach OʻFAga rasmiy xat yubordi va ishini davom ettira olmasligini ma'lum qildi. OʻFA shundan keyingina iste'foni qabul qildi va oʻzaro doʻstona xayrlashildi.

OʻFA rahbariyati qisqa fursatda terma jamoa umuman jabr koʻrmaydigan variantni topishi kerak edi. Omadimiz bor edi Timur Kapadze barcha terma jamoalarda oʻynadi, milliy terma jamoada yordamchi ham boʻldi, keyinroq Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladi. Hamma tushundiki Kapadzedan zoʻr nomzod yoʻq. Lekin shunda ham barcha narsani oʻz tartibi bor. OʻFA murabbiylar kengashini yigʻdi, nomzodlarni taqdim etdi va shuni aytishim kerakki 100 foiz hamma Timur Kapadze variantini ma'qulladi. Nomzodlar orasida xorijiy murabbiylar ham bor edi. Ayni paytda har tomonlama mos murabbiy Timur Kapadze ekani oydinlashdi. Oʻylaymanki bu mantiqiy ham boʻldi, sababi olimpiya terma jamoasidan keyin futbolchilar ham milliy terma jamoaga oʻtadi.

Timur Kapadze Katanesning yordamchilarini terma jamoada qoldirishga qaror qildi. Ya'ni mashgʻulot jarayonlarida keskin oʻzgarishlar boʻlmaydi, lekin taktika, tarkib va natija uchun bosh murabbiy javobgar boʻladi", - dedi Davron Fayziyev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport