![Bu himoyachining qiligʻidan Gvardiola qattiq ranjidi](/uploads/posts/2025-02/2023-03-14t215006z_1477122552_up1ej3e1ongk2_rtrmadp_3_soccer-champions-mci-rbl-report.webp)
Yaqingacha “Manchester Siti”ga sardorlik qilgan Kayl Uoker ijara asosida “Milan”ga oʻtdi. 34 yoshli futbolchining ketish oldidan qilgan ishi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga yoqmadi, deb yozadi Sports.uz nashri.
The Athletic nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi klubdan ketishi haqidagi qarorni birinchi boʻlib bosh murabbiyga aytish oʻrniga, klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan muhokama qilgan. Bu holat ispaniyalik mutaxassisning jahlini chiqardi.
Kayl aslida “Sheffild Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Nortgempton Taun”, “Tottenxem”, “Kuinz Park Reynjers” va “Aston Villa” jamoalarida ham oʻynagan.
“Manchester Siti” bu futbolchini aynan Xosep Gvardiola boshqaruv davrida, ya'ni 2017 yili transfer qilgan edi. Kayl klublar miqyosidagi barcha sovrinlarini aynan “shaharliklar” bilan birga qoʻlga kiritgan.
Shuningdek, Uoker Angliya milliy terma jamoasi safida 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar