80 yoshli Van Vanlin 700 bolaga ota boʻldi

1 daqiqa o'qish1.6K
80 yoshli Van Vanlin 700 bolaga ota boʻldi
Foto: AP
Xitoyning sharqidagi Chjeszyan provintsiyasida yashovchi 80 yoshli Van Vanlin 700 dan ortiq bolaga ota boʻldi. U butun umri davomida oila qurmagan, deb yozadi South China Morning Post.

Van Vanlin 1979 yildan beri uy-joysiz yoki koʻchada qolgan bolalarga yordam berib keladi. U ilk bor 34 yoshida shunday bolaga duch kelgan. Oʻshanda 15 yoshli oʻsmir aldov yoʻli bilan koʻmir konida ishlashga majbur qilingan va uyiga qaytolmayotgan edi. Van unga poyezd chiptasi olib berib, hayotini oʻzgartirdi.
80 yoshli Van Vanlin 700 bolaga ota boʻldi
80 yoshli Vang Vanlin soʻnggi qirq yil ichida yuzlab yigitlarga yordam berdi. Foto: Douyin
Bu voqea Vanlinning butun hayotini oʻzgartirdi. Yoshligida u ham qiyinchiliklarni boshdan kechirgan — qoʻshnisi uni nohaq oʻgʻrilikda ayblagan va u 16 yil majburiy mehnatga joʻnatilgan.

1978 yilda u ozodlikka chiqib, zavodda ish boshladi. Bir yil oʻtib esa, qiyin ahvoldagi bolalarga yordam bera boshladi. U uysiz bolalarni uyiga taklif qilardi, oylik maoshini esa ularning oziq-ovqat va yoʻl xarajatlariga sarflardi. Van bolalardan faqatgina uylariga eson-omon yetib borganliklarini xabar qilishni soʻrardi.

Vanlin oila qurmagan bolalarni oʻz himoyasiga oldi. Uning sa'y-harakatlari tufayli Yuy ismli 12 yoshli bola hayotda muvaffaqiyatga erishdi. U mustaqil hayotga qadam qoʻyib, oilasi uchun ikki qavatli uy qurdi.
80 yoshli Van Vanlin 700 bolaga ota boʻldi
Vang oʻzi yordam bergan koʻplab bolalarning rasmlarini esdalik sifatida saqlaydi. Foto: Douyin
2022 yilda Yuy Van Vanlinning yolgʻiz yashab kelayotganini bilib qoldi va unga gʻamxoʻrlik qilish vaqti kelganini tushundi. U ijtimoiy tarmoqlarda Vanlinning hikoyasini baham koʻrdi. Bu hikoya minglab odamlarni ta'sirlantirdi. Koʻpchilik uni “ulkan qalb egasi” deb atadi.

Bugungi kunda Van Vanlin bir paytlar oʻzi qutqarib qolgan 700 nafar bolaning xatlarini saqlab kelmoqda.
80 yoshli Van Vanlin 700 bolaga ota boʻldi
Vang, shuningdek, yillar davomida yordam bergan bolalardan olgan yuzlab xatlarni saqlab qolgan. Foto: Douyin
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?