18:53 / 06.02.2025
43

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin
Toshkent shahridagi koʻchalardan birini Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan nomlash masalasi muhokama qilinmoqda.

Mazkur taklif Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov va Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar oʻrtasidagi uchrashuvda koʻtarilgan.

Oʻzaro munosabatlar va strategik hamkorlik

Uchrashuv davomida Shavkat Umurzakov Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta'kidlab, bu jarayon davlat rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik samarasi ekanini qayd etdi. Shuningdek, u turk diplomatik korpusining xizmatlarini alohida e'tirof etdi.

Olgan Bekar esa Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotganini ma'lum qilar ekan, muhokama qilingan qator masalalarga, jumladan:
? Turk maktablarini kengaytirish,
? Toshkentdagi koʻchalardan birini Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan atash,
? Turk bogʻini tashkil etish kabi takliflarga toʻxtalib oʻtdi.

Hamkorlikni rivojlantirish davom ettiriladi

Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida ham oʻzaro muloqotni davom ettirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishib oldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat