![Qamoqdagi sobiq MXX amaldori Nodir Toʻraqulov barmoqlaridan ayrildi](/uploads/posts/2025-02/nodir20toraqulov-4a4p6rql.webp)
Foto: Daryo
Milliy xavfsizlik xizmatining (hozir DXX) sobiq tergovchisi Nodir Toʻraqulov ehtiyotsizlik oqibatida barmoqlaridan ayrildi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ma'lum qilgani haqida yozadi Daryo nashri.
Qabulimga kelgan bir necha advokatlar sobiq MXXning oʻz vaqtida “Nodir xudo” laqabini olgan jallodi Nodir Toʻraqulov 22-sonli koloniyadagi tsexda ehtiyotsizlik ortidan 4 ta barmogʻidan ajragani haqida ma'lumot berishdi.
Muhtaram prezidentimizning shijoati tufayli javobgarlikka tortilgan bu kimsa haqida turli afsonalar yuradi. Ehtimol, uning qilmishlarining bir qismi qonun nazoratidan chetda qolgandir, uning zulmini Yaratganga havola qilamiz, deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
Nodir Toʻraqulov 2018 yilning boshlarida, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida faollar bilan uchrashuv vaqtida MXXning viloyat boshqarmalaridagi xodimlarini keskin tanqid qilganidan keyin qamoqqa olingandi.
2018 yil oktyabrida Nodir Toʻraqulov 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 81 mln soʻm miqdorida (9,7 ming dollardan ortiq) jarimaga tortilgandi. U Jinoyat kodeksining 10 dan ortiq moddasi boʻyicha ayblangan. Keyinchalik Toʻraqulov ustidan odam oʻgʻirlash, qotillik, qiynoqqa solish singari yana oʻnga yaqin modda bilan jinoyat ishi ochilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar