![Yangi Chevrolet Optra narxi e’lon qilindi](/uploads/posts/2025-02/new-optra.webp)
General Motors kompaniyasi Misrda yangi 2025-yilgi Chevrolet Optra sedanini ishlab chiqarishni boshladi. Uning boshlang‘ich narxi $14,500 etib belgilangan.
Yangi Optra 98 ot kuchiga ega 1,5 litrli to‘rt sillindrli dvigatel bilan jihozlangan. Xaridorlar uchun ikkita variant mavjud: variator (CVT) va olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi.
Misr bozorida mashina asosiy va LT (Luxury Touring) modellarida sotuvga chiqariladi. Asosiy model LED orqa chiroqlar va 15 dyuymli po‘lat g‘ildiraklarga ega. LT versiyasi esa qo‘shimcha ravishda qotishma g‘ildiraklar, LED kunduzgi chiroqlar, old tumanga qarshi chiroqlar, avtomatik iqlim nazorati va ikki rangli interer bilan jihozlangan.
Har ikki model ham Android Auto va Apple CarPlay'ni qo‘llab-quvvatlaydigan 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan. Chevrolet Optra o‘zining texnik xususiyatlari jihatidan Chevrolet Aveo bilan o‘xshashliklarga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar