Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu agar HAMAS rahbarlari hokimiyatdan voz kechib, “surgun”ga rozi boʻlsa, Gʻazodagi urushni toʻxtatishga tayyor ekanini bildirdi. Axios manbalariga koʻra, Netanyaxu bu rejasini Vashingtonga safari davomida taqdim etgan.
Garovdagi shaxslarni ozod qilish rejasi
Isroil bosh vaziri garovga olinganlarni ozod etish boʻyicha kelishuvning birinchi bosqichini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Hozirda 33 nafar garovdagini ozod qilish rejalashtirilgan, buning evaziga Isroil haydov falastinlik mahbuslarni ozod qilishga tayyor. Ammo ularning aniq soni koʻrsatilmagan.
Kelishuvning ehtimoliy ikkinchi bosqichi
Amerika rasmiylari kelishuvning birinchi bosqichi uzaytirilsa, ikkinchi bosqich boʻyicha muzokaralar chogʻida HAMASga yangi taklif berilishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Unda:
- Gʻazoda urushni toʻxtatish,
- Yuqori martabali falastinlik mahbuslarni ozod qilish,
- HAMASning hokimiyatdan voz kechishi,
- HAMAS rahbarlarining “uchinchi davlat”ga surgun qilinishi taklif etilishi mumkin.
Isroilning talablari va HAMASning pozitsiyasi
Isroil rahbariyati HAMAS Gʻazo ustidan “fuqarolik nazorati”dan voz kechib, hokimiyatni mustaqil qoʻmitalarga topshirishga rozi boʻlganini da'vo qilmoqda. Biroq, HAMAS oʻz harakatini tarqatishga tayyor emas.
Oʻt ochishni toʻxtatish muddati
Isroil va HAMAS 19 yanvardan boshlab oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishgan. Birinchi bosqich 42 kun davom etadi. Ikkinchi bosqichda qolgan garovdagilarni ozod qilish va urushni toʻliq toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar