13:23 / 02.02.2025
94

Samarqandda mashinasi kapotida YPX xodimini sudragan haydovchi qamoqqa olindi

Samarqandda mashinasi kapotida YPX xodimini sudragan haydovchi qamoqqa olindi
Foto: Videodan kadr
Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 31 yanvar kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi tomonidan davlat raqami belgisiz harakatlanib kelayotgan Onix jezl va xushtak yordamida toʻxtatish chorasi koʻrilganda, haydovchi oʻzi va oʻzgalar hayotiga xavf tugʻdirib, inspektorning qonuniy talabiga boʻysunmasdan, xodim ustiga haydab tan jarohatlari etkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi:

140-moddasi 3-qismi — jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda haqorat qilish (BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha, ya'ni 150 million soʻmdan 225 million soʻmgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi);

219-moddasi — hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish, qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish (3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat