Toshkent shahrida noqonuniy yoʻllar bilan AQShga ishga yuborishni va'da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Foto: Bosh prokuratura
Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda S.Gʻ. ismli shaxs fuqaro D.S.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga yuborishi va u erda ish bilan ta'minlashi evaziga tanishi A.A. orqali 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar