20:09 / 06.02.2025
15

Oʻzbekistonga parvozlar uchun uchta xorijiy aviakompaniyaga ruxsat berildi

Oʻzbekistonga parvozlar uchun uchta xorijiy aviakompaniyaga ruxsat berildi
«Oʻzaviatsiya» agentligi Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalarining Oʻzbekistonga muntazam parvozlariga ruxsat berdi.

Jumladan, Malayziyaning «Air Asia X Berhad» aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur—Toshkent—Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Mazkur parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning «T’way Air» aviakompaniyasiga Seul—Toshkent—Seul yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Ushbu parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bulardan tashqari, Misrning «Red Sea Airlines» aviakompaniyasiga Sharm-ash-Shayx—Toshkent—Sharm-ash-Shayx yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Mazkur parvozlar Voeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat