![Abduqodir Husanov ertaga asosiy tarkibda maydonga tushadimi?](/uploads/posts/2025-02/abduqodir-awy-d7cx.webp)
Futbol boʻyicha Angliya Kubogi 4-bosqichida “Leyton Orient” oʻz uyida “Manchester Siti” klubini qabul qiladi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Ertaga, 8 fevral kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvga bir necha nashrlar taxminiy tarkiblarni e'lon qildi. Masalan, Sportsmole nashri “shaharliklar” quyidagi tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmoqda:
“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ortega; Lyuis; Husanov, Stouns, O’Reyli; Gundoʻgʻan, Makt; Savino, De Bryuyne, Grilish; Mubama.
“Kelasi hafta “Real Madrid”ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvini hisobga olib, Gvardiola tarkibda ayrim oʻzgarishlar qilishi kutilmoqda. Yangi futbolchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys himoyada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Ular bilan birga Riko Lyuis va Jahmay Simpson-Pyusi ham himoya chizigʻini mustahkamlashi mumkin”, deb izoh beriladi Sportsmole saytida.
![](/uploads/posts/2025-02/gji2dp7x0aaho3z-rdo8zyxg.webp)
Foto: X (sobiq Twitter)
Standart nashri ham Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi.
“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ortega; Nunes, Husanov, Akanji, Lyuis; Niko, Gundoʻgʻan; Savino, De Bryuyne, Grilish; Marmush.
Pep Gvardiola “Leyton Orient”ga qarshi Angliya Kubogi uchrashuvi uchun “Manchester Siti” tarkibida oʻzgarishlar qilishi kutilmoqda.
“Stefan Ortega darvozani qoʻriqlashda davom etishi mumkin, chunki Edersonga oʻtgan haftada “Arsenal”ga qarshi oʻyindagi yirik magʻlubiyatdan soʻng ishonch kamaydi. Jon Stouns va Yoshko Gvardiolga dam berilshi kutilmoqda, ularning oʻrnini Abduqodir Xusanov va Riko Lyuis egallashi mumkin”, deya izoh berilgan.
![](/uploads/posts/2025-02/gettyimages-2195853585-1024x1024-n-o4d2bu.webp)
Sportingnews nashri ham Abduqodir Husanov ushbu oʻyinni dastlabki daqiqalardan toʻp suradi, deb hisoblamoqda.
“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi (4-2-3-1, oʻngdan chapga): Ortega (darvozabon) — Nunes, Akanji, Husanov, Gvardiol — Gonsales, Gundoʻgʻan — Marmush, Makt, Savino — Holand.
“Kevin De Bryuyne “Arsenal”ga qarshi oʻyinda yana zaxiradan maydonga tushdi, ammo Gvardiola uni asosiy tarkibda maydonga tushirishga tayyormi yoki uning oʻyin vaqtini cheklashni davom ettiradimi – bu hali noma'lum.
Ushbu uchrashuvda “Manchester Siti”ning yangi futbolchilari maydonga tushishi mumkin, ayniqsa muxlislar Niko Gonsalesning yarim himoyada Bernando Silva yoki Mateo Kovachich oʻrnini egallashini kutmoqda. Shuningdek, bu Abduqodir Xusanov uchun himoyada oʻzini koʻrsatish uchun imkoniyat boʻlishi mumkin”, deyiladi saytda.
![](/uploads/posts/2025-02/gettyimages-2195981220-1024x1024-sc0runjo.webp)
Ma'lumot uchun, uchrashuv ertaga, 8 fevral kuni 17.15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yoʻl olish uchun, “shaharliklar” 11 fevral kuni “Real”ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar