22:00 / 20.08.2020
2 338

Koronavirus kasalligidan keyin xotira pasayishi kuzatiladimi?

Koronavirus kasalligidan keyin xotira pasayishi kuzatiladimi?
Foto: iStock
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.

Murojaatlardan beri fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, davolanganini aytib, kasallikdan keyin o‘zida xotira pasayishini sezganini aytgan. Xotirani ilgari holiga qaytarish uchun qanday muolajalar qilish haqida so‘ragan.

“To‘g‘ri, ushbu kasallik ayniqsa o‘rta va og‘ir kechgan bo‘lsa test natijalari manfiy chiqishi bilan kasal tezda oldingi holatiga keladi, degan gap emas. Bemorda tez charchash, holsizlik, ta’m va hid bilishni sezmasligi, kurak sohasidagi og‘riqlar, yo‘tal, depressiya holatlari, xotiraning pasayishi kuzatilishi mumkin. Chunki kasallik yengil kechsa ham o‘z asoratini qoldirib ketadi. Lekin barcha a’zolar faoliyati sekin-asta yaxshilanadi. Ushbu holatlar bir necha hafta yoki oy ichida yo‘q bo‘lishi, ammo ba’zi odamlarda bu uzoqroq vaqt davom etishi mumkin. Xotirangizni tezroq oldingi holiga qaytarish uchun quyidagilarni tavsiya etamiz:
  • Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Chunki u miya faoliyatini tiklashga yordam beradi.
  • Kognitiv funksiyani tiklashga yangi qiziqishlar (xobbi), jumboq mashg‘ulotlar, so‘zli va raqamli o‘yinlar, xotirani tiklovchi mashqlar va kitob o‘qish yordam beradi.
  • O‘zingiz uchun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni soat nechada va qaysi kuni bajarishingiz haqida eslatib turish uchun turli xil eslatmalardan foydalaning. Masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlaringiz ro‘yxatini tuzib yozing, turli eslatmalar va telefon tovushlaridan foydalanishingiz mumkin.
  • Rejalashtirilgan ishlaringiz murakkab va hatto imkonsiz bo‘lib ko‘rinmasligi uchun ularni alohida harakatlarga bo‘lishingiz kerak.
  • Vitaminga oziq ovqatlar, meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling”, - dedi Barno Abdusamatova savolga javoban.

Brifingda bemor shifoxonada koronavirusdan davolanib chiqqach, qancha muddat davomida poliklinika nazoratida bo‘lishi haqidagi savolga ham javob berildi.

Bemorning statsionar muassasada davolanganligi haqidagi kasallik tarixidan ko‘chirma birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga bemor orqali yuboriladi. Statsionarda davolanib chiqqan bemorlar hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan birinchi 3 kun davomida nazoratga olinadi.

Umumiy amaliyot shifokori tomonidan bemorning salomatlik holatidan kelib chiqib, pnevmoniya (zotiljam) bilan kasallanganlar 6 oy muddatga dispanser nazoratga olinadi va sog‘lomlashtirish rejasiga asosan 1 oy muddatda qonning umumiy tahlili, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi va ko‘rsatmaga asosan MSTK tekshiruvi o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar bemor holatiga va tibbiy ko‘rsatmaga asosan o‘tkaziladi. Bemorning holati va tekshiruvlarda salbiy o‘zgarishlar bo‘lmagan holatlarda bemor 6 oy muddatda dispanser nazoratidan chiqariladi. Kasallik pnevmoniya bilan asoratlanmagan bo‘lsa, bunday bemorlar 1 oy davomida tibbiy kuzatuvga olinadi
”, - dedi shtab a’zosi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus kasalligidan keyin xotira pasayishi kuzatiladimi?