07:36 / 27.08.2020
3 335

Tadbirkordan 60 ming AQSH dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi

Tadbirkordan 60 ming AQSH dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi
Toshkentda tadbirkordan 60 ming AQSH dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, fuqaro N.B. «A» MCHJ rahbari M.ni Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida qurilishi lozim bo‘lgan umumiy qiymati 7,5 mlrd. so‘mlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 mlrd. so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. O‘z-o‘zidan emas, albatta, buning uchun «bor-yo‘g‘i» 10 ta «Neksiya-3» pulini so‘raydi.

Tadbirkor ham anoyi emas — bu haqda darhol tegishli organga murojaat qiladiki, natijada Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, poyabzali chang bo‘lmay katta pul «ishlamoqchi» bo‘lgan shaxsning qo‘liga kishan taqildi.

Holat bo‘yicha N.B.ga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari bir maromda ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan 60 ming AQSH dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi