Toshkentda is gazidan zaharlanib, olti kishi vafot etdi

Toshkentda is gazidan zaharlanib, olti kishi vafot etdi

25 oktyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy uyda is gazidan zaharlanish oqibatida olti kishi vafot etdi. Yana ikki nafar fuqaro og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi UZ24 nashri.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bo‘lgan. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, uyning yerto‘lasiga o‘rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan.

Shuningdek, gaz tarmog‘iga tegishli texnik shartlarsiz, o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Bu holat isitish tizimidan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari va mas’ul shaxslar harakatlariga huquqiy baho berish tergov natijalariga bog‘liq.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar