Toshkentda soxta hujjatlar bilan oliygohga kiritish va’dasi fosh etildi

Toshkentda soxta hujjatlar bilan oliygohga kiritish va’dasi fosh etildi

Toshkentda fuqaroni soxta hujjatlar asosida xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul talab qilingan holat fosh etildi. Tezkor tadbirda jami 7500 dollar olingan vaqtida bir nechta shaxs ushlandi.

DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 1997 yilda tug‘ilgan shaxs Rossiyadagi oliy ta’lim muassasasida ikki yil tahsil olgani haqidagi soxta hujjatlar asosida fuqaroni poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning uchun u 8 ming dollar talab qilib, 7500 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida unga 7500 dollarni bergan 1993 yilda tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olingan. Tergovga qadar tekshiruvda mazkur noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqador ekani aniqlangan.

Inspektor ham 7500 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar