20:40 / 03.08.2021
2 272

Xotin-qizlar manfaatlari doimo e’tiborda!


Mamlakatimizda so‘nggi yillarida barcha sohada ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib, farovonligi, turmush tarzi yanada yaxshilandi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Mahallalarda xotin-qizlar va oila farovonligiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga jiddiy ahamiyat qaratilayotir.

Majburiy ijro byurosi organlarida voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari qat’iy e’tiborda. MIB Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan 25 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi.

Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan ya’ni Byuroning Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining 05.08.2019 yil kungi sud buyrug‘iga asosan A.Nomozovdan undiruvchi J.Yesbergenovaning foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun ikkidan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota yuzaga kelgan 25 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undiruvchi J.Yesbergenovaga to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi. Byuro organlari tomonidan bu boradagi xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xotin-qizlar manfaatlari doimo e’tiborda!