Jenisbek Piyazov yangi lavozimga tayinlandi

Madaniyat1 daqiqa o'qish2
Jenisbek Piyazov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli opera xonandasi Jenisbek Piyazov O‘zbekiston milliy simfonik orkestri badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tayinlov O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktorining tegishli buyrug‘iga muvofiq amalga oshirilgan.

Jenisbek Piyazov mamlakatimiz musiqa san’atida o‘z o‘rniga ega ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning opera va mumtoz musiqa yo‘nalishidagi faoliyati san’at ixlosmandlariga yaxshi tanish.

Yangi lavozimda u O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining badiiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Mazkur tayinlov munosabati bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi jamoasi xonandaga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Ma’lumot uchun, Jenisbek Piyazov 1988 yil 9 mayda Nukusda tug‘ilgan. 2007 yilda Nukus madaniyat va san’at kollejini tamomlagan. Shu yili Jenisbek Piyazov „Yosh opera“ respublika tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlanib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga „qo‘shiqchilik“ mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?