date

Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshi oldi

Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshiladi. Aktrisa 1960 yil 14 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1977–1981 yillarda Toshkent san’at institutining “Teatr va kino aktyorligi” fakultetida tahsil olgan. 1981 yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda.

Muqaddas Xoliqova nafaqat sahnadagi muvaffaqiyatlari, balki hayotiy sinovlarga bardoshi bilan ham ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda. U intervyularidan birida hayotida uch bor o‘lim bilan yuzma-yuz kelganini eslaydi: “2010 yilda akam va onamni yo‘qotganimda infarkt bo‘ldim. Keyin to‘satdan turmush o‘rtog‘imning ko‘zlari ko‘rmay qoldi. O‘shanda siqilib infarkt bo‘ldim. Uchinchi xurujni dadasi o‘tganlarida boshdan kechirdim”, – deya xotirlaydi aktrisa.

Bugun ham Muqaddas Xoliqova san’at yo‘lida faol ijod qilib, yosh avlod uchun ustoz sifatida o‘z tajribasini ulashib kelmoqda. Uning san’atga bo‘lgan fidoyiligi va sahnadagi mahorati o‘zbek teatri va kino san’atining muhim qismi sifatida e’tirof etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshi oldi