Zebiniso Xoliqova sahnada pushaymon bo‘lganini aytdi (video)

Zebiniso Xoliqova sahnada pushaymon bo‘lganini aytdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa Zebiniso Xoliqova intervyularidan birida kollej yillarida algebra faniga beparvo qaragani va bu holat keyinchalik sahnada unga qiyinchilik tug‘dirganini esladi.
  • U kollejda ustoziga san'at oliygohiga kirishini va algebra kerak bo'lmasligini aytib, darslarga jiddiy e'tibor bermagan edi.
  • Teatrdagi ilk roli sotuvchi bo‘lgan aktrisa xaridorning pulni hisoblash haqidagi savoliga duch kelgach, sahnada tezda hisob-kitob qilishni xohlaganini aytdi.

Zebiniso Xoliqova intervyularidan birida o‘quvchilik davridagi qiziqarli va ibratli voqeani eslab o‘tdi.

Aktrisaning aytishicha, u kollej yillarida algebra fanini yoqtirmagan va unga jiddiy e’tibor bermagan.

“Kollejda o‘qib yurgan paytlarim algebra darsi bo‘lardi. O‘qituvchimiz kosinus, sinus kabi mavzularni o‘tardilar. Men esa ustozimga: 'Ustoz men san’at oliygohiga kiraman, hayotimda algebra kerak bo‘lmaydi. Pul sanashni bilsam bo‘ldi', derdim. Hatto '4 baho qo‘yib bersangiz bo‘ldi', deb so‘rardim,” — deya kulib eslaydi u.

Zebiniso Xoliqova keyinchalik universitetga o‘qishga kirganini va u yerda ham algebra faniga duch kelmaganini aytadi. So‘ng sahnaga chiqib, teatrda faoliyat boshlaydi.

Ammo uning ilk rollaridan biri aynan sotuvchi bo‘lgan.

“Birinchi rolim sotuvchiniki edi. O‘zim hayajondaman, ustiga-ustak matematikadan ham yaxshi emasman. Xaridor: 'Bu nech pul? 3 ming, bu-chi 5 ming, hammasi nech pul bo‘ldi?' deb so‘raydi. O‘sha payt sahnada tezda hisoblab berishni xohlardim,” — deydi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu paytda kollejdagi ustozining gaplari yodiga tushgan:

“'Zebiniso, bu fan ish faoliyatingda kerak bo‘lmasligi mumkin, lekin hayotingda albatta kerak bo‘ladi', degan edilar. Sahnada esa 2 soniya go‘yo 2 yildek tuyuladi. O‘shanda ichimdan: 'Eh ustoz, sahnada kerak bo‘ladi deganingizda o‘qirdim matematikani', deb o‘yladim,” — deya kulib qo‘shimcha qiladi u.

Aktrisaning ushbu hikoyasi har qanday bilim va ko‘nikma hayotning kutilmagan lahzalarida asqotishini yana bir bor isbotlaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar