Selena Gomes firibgarlik da’vosi bilan sudga berildi

1 daqiqa o'qish290
Selena Gomes firibgarlik da’vosi bilan sudga berildi

Amerikalik xonanda va aktrisa Selena Gomes ruhiy salomatlik yo‘nalishidagi Wondermind Global startapi faoliyati bilan bog‘liq mojaro markazida qoldi. Investorlar uni va kompaniya rahbariyatini firibgarlikda ayblab, sudga murojaat qilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, da’vogarlar 2021 yilda ishga tushirilgan Wondermind Global'ga qariyb 1,2 million dollar sarmoya kiritgan. Investorlarning ta’kidlashicha, ularga Gomes kompaniyaning marketing yo‘nalishini rivojlantirish va loyihani keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etishi, shuningdek, mobil ilova kabi bir qator mahsulotlar ishga tushirilishi va’da qilingan.

Biroq sud hujjatlarida keltirilishicha, bu va’dalarning ayrimlari bajarilmagan. Da’vogarlar Gomes o‘z zimmasiga majburiyat yuklovchi hujjatni imzolaganini, ammo keyinchalik unda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarmaganini iddao qilmoqda.

Investorlarning aytishicha, kompaniya faoliyatida boshqa muammolar ham yuzaga kelgan. Jumladan, xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Hozircha Selena Gomes vakillari bildirilgan da’volarga munosabat bildirganicha yo‘q. Investorlar esa kiritgan mablag‘larini qaytarish hamda sud bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Wondermind Global 2021 yilda Selena Gomes, uning onasi Mendi Tifi va tadbirkor Daniella Pirson tomonidan tashkil etilgan. Platforma «ruhiy chiniqish» konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilarga ruhiy salomatlik mavzusidagi maqolalar, suhbatlar, podkastlar va turli amaliy vositalarni taklif qilishni maqsad qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?