O‘zbekistonlik yosh muhandis dronlarga qarshi yangi tizim yaratdi

1 daqiqa o'qish191
O‘zbekistonlik yosh muhandis dronlarga qarshi yangi tizim yaratdi

O‘zbekistonlik yosh ixtirochi dronlarni aniqlash va zararsizlantirishga mo‘ljallangan yangi avlod tizimini taqdim etdi. ARGUS-SYS deb nomlangan loyiha «Kelajak muhandislari» respublika ko‘rik-tanlovi doirasida yosh muhandis Ikromjon Mo‘ydinjonov tomonidan namoyish etilgan.

Ta’kidlanishicha, tizim sun’iy intellekt va lazer texnologiyalarini birlashtirgan bo‘lib, uchuvchisiz uchish apparatlarini avtomatik ravishda aniqlash va nishonga olish imkoniyatiga ega. Ishlanmada YOLOv8 sun’iy intellekt algoritmi hamda optik uzatgichlardan foydalanilgan.

Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, tizim 405 nanometr to‘lqin uzunligidagi 500 vatt quvvatli lazer yordamida 1 kilometrdan ortiq masofadagi dronlarni qisqa vaqt ichida zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan.

Yosh muhandisning mazkur ishlanmasi O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi muhandislik loyihalariga qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?