Ra’no Shodiyeva: davolanishimga 500 ming dollardan ko‘proq pul ketdi

1 daqiqa o'qish25.5K
Ra’no Shodiyeva: davolanishimga 500 ming dollardan ko‘proq pul ketdi

Aktrisa Ra’no Shodiyeva saraton kasalligidan davolanish jarayoni va buning uchun ketgan xarajatlar haqida gapirdi.

Uning aytishicha, ikki yil davomida bir nechta operatsiya o‘tkazilgan. Ularning narxi 15 ming dollardan 42 ming dollargacha bo‘lgan. Bundan tashqari, reabilitatsiya va kimyoterapiya muolajalari uchun ham katta mablag‘ sarflangan.

Shodiyeva ayrim zarur dorilar Hindistondan olib kelinganini aytdi. O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat berilmagan dorilar uchun yuqoridan ruxsat olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto bojxonada onkolog shifokori dorilarni shaxsan qabul qilib olgan.

Davolanishning so‘nggi bosqichida Turkiyadagi klinika unga yana 83 ming dollarlik hisob taqdim etgan. O‘sha paytda oilasi bu mablag‘ni qanday topish haqida o‘ylagan. Turmush o‘rtog‘i esa mashina va boshqa mol-mulklarni sotish orqali zarur pulni yiqqan.

Ra’no Shodiyevaning ta’kidlashicha, ikki yildan ortiq davom etgan davolanish uchun 500 ming dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?