15:18 / 05.03.2020
5 998

Kiyinish uslubingiz burjingizni oshkor qiladi

Kiyinish uslubingiz burjingizni oshkor qiladi
Munajjimlarning fikricha, burjimiz nafaqat fe’l atvorimizga, balki kiyinish uslubimizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Qanday kiyinamiz, qancha pul sarf qilamiz – hammasi oldindan ma’lum.

1. Hamal
Mazkur burj ostida tug‘ilganlar moda olamida yetakchidirlar. Ularning fe’l atvorini Koko Shanelning «Urf bu hech qachon eskirmaydigan buyumdir» shiori bilan ifodalasa bo‘ladi. Bu ayollar xarid jarayonida chinakamiga zavqlanishadi. Ular odatda eksklyuziv va oson uyg‘unlashadigan kiyimlarni tanlaydilar. Shuningdek qomatlariga urg‘u berib turuvchi liboslar, leggins va kamarlar ham ularning jonu dili. Hamal burjidagi erkaklar esa sifatli, oddiy va aktual kiyimlarni xush ko‘radilar.

2. Savr
Buzoq burjida tug‘ilgan sanamlarda liboslar bilan odamlar e’tiborini jalb qilish qobiliyati bor. Ular qomatlaridagi kamchiliklarni osonlik bilan yashira olishadi. Qulay va qimmat kiyim tanlash barobarida hech ikkilanmasdan yorqin rangdagi ajoyib bichimdagi ko‘ylaklarga ham ahamiyat berishadi. Ba’zida ko‘r-ko‘rona urf ortidan quvadilar-u, ammo o‘z vaqtida to‘xtashni ham biladilar.

3. Javzo
Bu burj ostidagi xonimlar har qanday yoshda ham, yoshlarga xos uslubda kiyinadilar. Ular urfga yengil qaraydilar, yangiliklarga ishqiboz bo‘lib qolishdan saqlanadilar. Eng katta kiyimlar garderobini aynan Javzo ayollarda uchratish mumkin. Hayron qolishning hojati yo‘q, chunki ular tez-tez kiyim almashtiraveradilar. Javzo erkaklar esa bir vaqtning o‘zida ham zamonaviy, ham tejamkor kiyimlarni tanlaydilar.

4. Saraton
Saratonlar bachkana ko‘rinishdan juda qo‘rqadilar. Ularning shiori: xushbichimlik va qulaylikdir. Ularga turli uslubdagi kiyimlar, ya’ni sport uslubidagi jinsi va krassovkadan tortib kashmir va shoyidan tikilgan nozik bichimdagi ko‘ylaklargacha yoqadi. Bu burj ayollari shoyi matosidan tikilgan ko‘ylaklar, kumush va tillo taqinchoqlarni, ayniqsa, qadrlaydilar. Saraton erkaklar esa klassik uslubdagi kostyum-shimlarni tanlaydilar. Hatto jinsi shimni ham pidjak yoki ko‘ylak bilan uyg‘unlashtiradilar.

5. Asad
Mazkur burjda dunyoga kelgan xonimlar charm va jundan tikilgan hashamatli kiyimlarni xarid qilishdan charchamaydilar. Yangi liboslarni ko‘rishganida o‘zlarini to‘xtatishlari qiyin. Klassik uslub ular uchun ayni muddao. Asad ayollari zamonaviy modaning asl ishqibozlari bo‘libgina qolmay, keng ko‘ylaklarni ham inkor qilmaydilar. Erkak asadlar esa rasmiy uslubda kiyinishga urg‘u beradilar.

6. Sunbula
Bu xonimlar go‘zallik va qulaylikni uyg‘unlashtirishni afzal ko‘radilar. Ular hech qachon qimmat yorliqlar bilan yoki mashxur brendga oid kiyimlar xaridi bilan maqtanmaydilar. Libosning har bir qismiga alohida ahamiyat bergan holda sifatli, oddiy va a’lo darajada bichilgan ko‘ylaklarni tanlashadi. Shuning uchun ulardan doimo ayollik jozibasi ufurib turadi. Bu burj ostidagi erkaklar esa klassik kiyimlarga to‘xtaladilar.

7. Mezon
Mezon ayollari xuddi tarozining ikki pallasini teng ushlab turganday yasanishni, chiroyli kiyimlarni kiyishni xush ko‘radilar, shu bilan birga modaning quliga aylanmay, o‘zlari yangicha uslub yaratishga harakat qilishadi. Ularning kiyinish uslubida hamma narsa eng kichik detallargacha o‘ylangan. O‘zlariga mos kiyim bichimini tanlashda g‘aroyib qobiliyatlarini ishga solishadi.

8. Aqrab
Ushbu burjda tug‘ilganlar hech qachon jimjimador va hashamatli ko‘rinmaydilar. Ular jurnaldagi yoki podiumdagi ko‘ylakni do‘konlarda sotilishini kutib o‘tirmaydilar, ular shu ondayoq oyoqlarini qo‘llariga olib, tajribali tikuvchi oldiga borishadi-yu, yoqtirgan ko‘ylaklarini tiktiradilar. Va hammadan oldin mavsumning eng urf bo‘lgan kiyimini kiyib ko‘z-ko‘z qiladilar.

9. Qavs
Qavs burji ayollari har kuni o‘zlari uchun har hil obraz yaratishga ustalar. Bir-biriga mos kelmaydigan kiyimlarni moslashtirish esa ular uchun ish emas. Masalan, shoyi va villurni kishi xayoliga kelmagan tarzda uyg‘unlashtiradilar. Agar boshqa burj vakillari bunday tajriba qilsalar, qo‘pol ko‘rinib qolishi mumkin. Ammo bu gap Qavs xonimlariga tegishli emas. Ularga etnik va milliy uslubdagi liboslar, g‘aroyib taqinchoqlar juda yarashadi.

10. Jadiy
Ular ziynatli, bezakli kiyimlarni yoqtiradilar. Bu burj ostidagi ayollar bir paytning o‘zida klassik shu bilan birgalikda jozibali uslubda kiyina olishadi. Ular taqinchoq tanlayotganlarida nafaqat uning narxiga balki asl buyumligiga ham ahamiyat berishadi.

11. Dalv
Dalv burjida tug‘ilgan sanamlar nafislikka e’tibor beradilar. Ular xayollaridagi ko‘ylakni qidirib topish uchun do‘kon aylanishdan hech ham tolmaydilar. Ko‘pincha har kunlik kundalik uslubga diqqat qaratishadi. Xavotir olmang, bunday bo‘lishiga qaramay, bayram oqshomida u eng birinchi o‘rinda hammaning nazariga tushadi. Ayol emas, orzu u!

12. Hut
Bunday ayollar juda yorqin ko‘rinadilar. Ular o‘zgalar e’tiborini hech qanday urinishsiz o‘zlariga qarata oladilar. Ular doimo tabiiy ko‘rinishadi. Yillar davomida sinalgan brendlarni, sifatli matolarni xush ko‘radilar.

Manba: «So‘g‘diyona» gazetasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kiyinish uslubingiz burjingizni oshkor qiladi