Parijda Miu Miu'ning yangi kolleksiyasi namoyish etildi (video)

Parijda Miu Miu'ning yangi kolleksiyasi namoyish etildi (video)

Mashhur stilist Vlad Lisoves Parij moda haftaligidan olingan videoni Telegram kanaliga joylashtirib, Miu Miu moda uyining yangi kolleksiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Stilistning ta’kidlashicha, dizayner Miuchcha Prada yangi kolleksiyada brendga xos uslubni saqlab qolgan.

«Miuchcha Prada bugungi Miu Miu namoyishida yana bir bor brendga xos kalta bichimlar, oddiy shakllari va proporsiyalar o‘yiniga e’tibor qaratdi. Kolleksiya o‘zining odatiy uslubidan keskin chekinishlarsiz, taniqli bo‘lib chiqdi», — deb yozdi stilist.

Miuchcha Prada — mashhur italiyalik modeler, dizayner va tadbirkor. U Prada moda uyini boshqaradi, shuningdek, Miu Miu brendiga asos solgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar