Shahzoda Muhammedova “Iblis Prada kiyadi” filmidagi Miranda Pristli obrazida (video)

Dizayner, aktrisa va boshlovchi Shahzoda Muhammedova bu safar mashhur moda timsollaridan birini o‘ziga xos tarzda gavdalantirdi. U Loren Vaysbergerning “The Devil Wears Prada” (“Iblis Prada kiyadi”) romani hamda uning 2006 yilda ekranlashtirilgan filmidagi Miranda Pristli obrazini talqin qilgan videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.
Dizayner video ostida: “Moda, FASHION industriyasi qirolichasi obrazi dizayner Shahzoda Muhammedova talqinida!” deya izoh qoldirgan.
Videoni ko‘rgan kuzatuvchilar esa Shahzodaning obrazga kirishiga alohida e’tibor qaratgan. Izohlarda uning Miranda Pristliga nafaqat tashqi qiyofasi, balki mimikalari va o‘zini tutishi jihatidan ham juda o‘xshagani ta’kidlangan.
Ayrim foydalanuvchilar esa videoni ko‘rib, xuddi "The Devil Wears Prada” filmini qaytadan tomosha qilgandek taassurot olganini yozgan. Miranda Pristli obrazi asl filmda Meril Strip ijrosida mashhurlikka erishgan va moda olamining kuchli, talabchan rahbari sifatida yodda qolgan.
Shahzoda Muhammedovaning yangi talqini ham kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olinib, video ostida ko‘plab ijobiy fikrlar qoldirilgan.
Sizningcha, Shahzoda Muhammedova Miranda Pristli obrazini qay darajada o‘xshata oldi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!






























Izohlar 0
…