Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda «Lazgi — Muhabbat va qalb raqsi» baletining uzoq kutilgan premerasi bo‘lib o‘tdi.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu juda jozibador va mo‘’jizaviy tomosha edi. Mashhur Xorazm raqsining barcha turlaridan eng qadimgisi — inson jismiga sig‘may ozodlikka talpinayotgan Ruh voqeasi sahnada namoyish etildi. Harakat va tuyg‘ular ifodasida qadimiy afsona jonlandi. Aksariyat tomoshabinlarning ko‘zi yoshlandi.
Bu xalqaro jamoa tomonidan amalga oshirilgan juda murakkab va qiziqarli loyiha bo‘ldi. Uning maqsadi ezgu — balet san’ati vositasida jahon hamjamiyatiga qadimiy raqsimiz, xalqimizning sof qadriyatlari haqida aytib berish.
Balet DAKTning doimiy repertuariga kiritiladi va umid qilamanki, u O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tomoshabinlarining sevimli spektakliga aylanadi. Ushbu betakror go‘zal spektaklni sahnalashtirishga hissa qo‘shgan barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman», deydi Saida Mirziyoyeva. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi