
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorati 33-35° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar