date

“Elektron retsept” bekor qilinadimi? Vazirlik rasmiy izoh berdi

“Elektron retsept” bekor qilinadimi? Vazirlik rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bekor qilinishi haqida tarqalgan xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirib, mazkur ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, 2025 yil 15 dekabrda qabul qilingan tegishli buyruqda “Elektron retsept” tizimini bekor qilish emas, aksincha uni bosqichma-bosqich kengaytirish ko‘zda tutilgan. Xususan, dastlabki bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial vositalar hamda gormonal preparatlar uchun elektron retsept majburiy etib belgilangan.

Yangi ishlab chiqilgan hujjat loyihasida esa ushbu tizimni yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahri hamda tajriba-sinov o‘tkazilayotgan 15 ta hududdagi barcha tibbiyot muassasalari va dorixonalarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, tarkibida giyohvandlik yoki psixotrop moddalar mavjud preparatlar, shuningdek reimbursatsiya (davlat tomonidan qoplab beriladigan) dasturlar bilan bog‘liq jarayonlar ushbu tizimdan mustasno etilishi qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, “Elektron retsept” tizimini joriy etish dori vositalari aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish, noqonuniy savdoni kamaytirish hamda tibbiy xizmatlar shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Elektron retsept” bekor qilinadimi? Vazirlik rasmiy izoh berdi