date

«Yoshlar» teleradiokanalida yangi «Tadbirkor davri» ko‘rsatuvi namoyish etiladi

«Yoshlar» teleradiokanalida yangi «Tadbirkor davri» ko‘rsatuvi namoyish etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan «Yoshlar» teleradiokanalida «Tadbirkor davri» ko‘rsatuvi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik normalarining mazmun-mohiyatini aholi, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida keng tushuntirish, amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘ibotining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanalida «Tadbirkorlar davri» nomli doimiy faoliyat yurituvchi tahririyat tashkil etildi.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan tartibotlar haqidagi interfaol teleko‘rsatuvlar siklini tashkil etish mazkur tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ko‘rsatuvning dastlabki soni joriy yilning 4 dekabr kuni soat 20:10 da hamda takroran 5 dekabr kuni soat 14:00 da efirga uzatilib, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlarga bag‘ishlanadi.

Ko‘rsatuvning keyingi sonlarida biznes-reja va investisiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, tijorat banklarida kredit olish, er uchastkalari berish va qurilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, mulkka huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlariga ulanish va shu kabi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb savollarni yoritib borish ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda mazkur ko‘rsatuv «Yoshlar» telekanalining kechki efirida haftasiga bir marotaba (ertasi kuni va kelasi hafta takroran) namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: shahrixan.ucoz.net
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Yoshlar» teleradiokanalida yangi «Tadbirkor davri» ko‘rsatuvi namoyish etiladi