O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?

1 daqiqa o'qish556
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yilgi Mustaqillik bayramida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan fuqarolar 29 avgustdan 1 sentyabrgacha ketma-ket 4 kun dam oladi.
  • 31 avgust barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun, 1 sentyabr esa Mustaqillik kuni sifatida belgilangan.
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 29 avgust qisqartirilgan ish kuni bo‘lib, 30 avgust–1 sentyabr kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
  • 2 sentyabrdan odatiy ish jarayoni qayta boshlanadi.

O‘zbekistonliklar 2026 yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket bir necha kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Prezidentning “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasi asosida mehnat qiladigan xodimlar uchun avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshida ketma-ket 4 kun dam olish kuni belgilangan.

Jumladan:

  • 29 avgust, shanba — odatiy dam olish kuni;

  • 30 avgust, yakshanba — odatiy dam olish kuni;

  • 31 avgust, dushanba — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;

  • 1 sentyabr, seshanba — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni, rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun.

Shu tariqa, 5 kunlik ish tartibida ishlaydigan fuqarolar 29 avgustdan 1 sentyabrga qadar 4 kun uzluksiz dam oladi.

6 kunlik ish haftasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

6 kunlik ish tartibida mehnat qiladigan xodimlar uchun esa shanba ish kuni hisoblangani sababli dam olish kunlari tartibi biroz farq qiladi.

Ularga quyidagi kunlar tegishli:

  • 29 avgust, shanba — bayram oldidan qisqartirilgan ish kuni;

  • 30 avgust, yakshanba — odatiy dam olish kuni;

  • 31 avgust, dushanba — barcha xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni;

  • 1 sentyabr, seshanba — Mustaqillik kuni va rasmiy ishlanmaydigan bayram kuni.

2 sentyabr, chorshanba kunidan esa barcha uchun odatiy ish jarayoni qayta boshlanadi.

Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida — 4 kun, 6 kunlik ish tartibida esa 29 avgustdagi qisqartirilgan ish kunini hisobga olgan holda 30 avgust–1 sentyabr kunlari dam olish imkoniyati bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?