
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda yagona turizm platformasi va mobil ilova ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali xorijiy mehmonlar e-SIM ulashlari va o‘z turar joylarini avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Yangi platforma sayohat yo‘nalishlarini ishlab chiqish, transport vositalarini tanlash va chipta sotib olish imkoniyatini beradi. Shuningdek, yagona chipta tizimi joriy etilib, muzeylar, madaniy ob’yektlar va turli tadbirlarga kirish imkoniyatini taqdim etadi.
2026-yil oxiriga kelib platforma sun’iy intellekt va katta ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi bilan to‘ldiriladi. Shuningdek, dam olish uylari ijarasini rasmiylashtirish jarayoni osonlashtiriladi.
Fuqarolar barcha zarur hujjatlarni Soliq ilovasi orqali rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.