
Janubiy Koreyaning Intellektual mulk vazirligi O‘zbekistonga patentlar va tovar belgilari boshqaruvi tizimini yetkazib beradi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu uskunalar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihasi doirasida 13,4 milliard von (taxminan 9 million AQSh dollari) qiymatida yetkazib berilmoqda. Bu Koreyaning xorijga eng yirik tizim yetkazib berish loyihasi hisoblanadi.
"Biz O‘zbekistonning intellektual mulk boshqaruvini modernizatsiya qilish va samarali takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilamiz", — dedi Intellektual mulk byurosi axborot bo‘limi direktori Chong Je Xvan Yonhap agentligiga. Yangi tizim sun’iy intellekt (AI) asosida ishlaydi.
Platforma ma’muriy vazifalarni hal etish, jumladan, tasniflash, izlash, ochiq ma’lumot qidiruvi va statistik hisobotlarni yuritishda qo‘llaniladi. Loyiha doirasida tizimni barqarorlashtirish, texnik yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston davlat xizmatchilarining malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.