date

270 fuqaroga moddiy yordam ko'rsatildi

270 fuqaroga moddiy yordam ko'rsatildi

Noyabr oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalari murakkab moddiy vaziyatga tushib qolgan 270 nafar fuqaroga 100 ming dollar miqdorida yordam ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, bir oy davomida 16 972 nafar fuqaroga konsullik xizmatlari taqdim etildi, 870 kishiga xorijda ishga joylashishda yordam berildi, 180 nafar fuqaro vaqtinchalik saqlash muassasalaridan ozod qilindi, 162 nafar fuqaro, jumladan, odam savdosi qurbonlari, o‘z vataniga qaytarildi.

Bundan tashqari, 114 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, ularda qariyb 10 ming kishi ishtirok etdi. O‘tgan oy davomida 18 960 ta murojaat qabul qilinib, ularning aksariyati muvaffaqiyatli hal etildi, shuningdek, O‘zbekistonga kirish uchun 20 591 nafar xorijiy fuqaroga viza rasmiylashtirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 270 fuqaroga moddiy yordam ko'rsatildi