Bugun ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Bugun ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda shamol chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esishi prognoz qilingan. Kunduzi havo harorati 35–37 daraja bo‘ladi.

Qolgan hududlarda ham ob-havo asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar