O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda joriy ish haftasi davomida asosan quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ko‘rsatkichlari mavsum uchun xos bo‘lgan iqlim me’yori atrofida saqlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, hafta boshida respublika hududida kechalari havo harorati 5–10 daraja, kunduz kunlari esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta oxiriga borib, harorat biroz pasayishi kutilmoqda. Kechalari 3–8 daraja, kunduz kunlari 17–22 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Shuningdek, Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Joriy yilning 19-20 oktyabrida kunduz kunlari havo harorati 23-25 darajani tashkil etadi, 21-22 oktyabrda 20-22 darajagacha pasayadi. Ertaga, 20 oktyabrga o‘tar kechasi harorat 10-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, biroq joriy yilning 22 oktyabriga kelib, 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.






























Izohlar 0
…