2027 yilda Ramazon va Qurbon hayiti qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

2027 yilda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi 8 fevral, dushanba kuni boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklari astronomlarining hisob-kitoblariga tayanib, mahalliy OAV xabar bermoqda.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Ramazon hayiti 9 yoki 10 mart kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq bayramning aniq sanasi yangi oyning ko‘rinishi va tegishli rasmiy idoralar qaroriga qarab belgilanadi.
Shuningdek, 2027 yilda Qurbon hayiti 16 may, yakshanba kuni nishonlanishi taxmin qilinmoqda. Astronomik prognozlarga ko‘ra, 15 may kuni Arafot kuni bo‘lishi mumkin.
Ayrim prognozlarga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan 15–18 may kunlari to‘rt kunlik dam olish davri yuzaga kelishi ehtimoli bor. Ammo bu sanalar va dam olish kunlari haqidagi ma’lumotlar hozircha taxminiy bo‘lib, rasmiy tasdiq talab etadi.
Eslatib o‘tamiz, hijriy oylarning boshlanishi hilolning ko‘rinishiga bog‘liq. Shu sababli Ramazon va Qurbon hayitining aniq sanalari tegishli diniy idoralar tomonidan keyinchalik e’lon qilinadi.































Izohlar 0
…