Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to‘lab beriladi

1 daqiqa o'qish98
Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to‘lab beriladi

Qashqadaryoda ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 856 nafar talabaning kontrakt to‘lovlari uchun 3 milliard 780 million 600 ming so‘m mablag‘ ajratiladi.

Mazkur qaror Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov tomonidan qabul qilingan. Unga ko‘ra, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 856 nafar talabaning kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun jami 3,78 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ushbu tashabbus, avvalo, bilim olishga intilayotgan, biroq oilaviy sharoiti sababli kontrakt pulini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mazkur yordam talabalarning o‘qishini davom ettirishiga ko‘maklashish bilan birga, yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?