Shu yilning 20 mayidan 11 iyuniga qadar Argentina mamlakatida U20 jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Butun dunyo nigohi qaratiladigan ushbu katta futbol forumiga qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Osiyo chempioni – O‘zbekiston “A” guruhida mezbon – Argentina, shuningdek, Yangi Zelandiya va Gvatemala bilan birga joy oldi. Ahamiyatlisi, terma jamoamiz jahon chempionati ochilishi uchrashuvini Argentinaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Yurtimizda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri, Osiyo chempioni Dilshod Nuraliyev U20 terma jamoamiz joy olgan guruh, ilk o‘yin va mundialdagi potensialimiz haqida fikr bildirdi.
"Jahon chempionatida bo‘sh raqiblarning o‘zi bo‘lmaydi, - deya so‘zini boshladi Nuraliyev. - O‘ylaymanki, yaxshi qur’a bo‘ldi. Mezbon jamoa bilan O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqadi, deb umid qilaman. Vakillarimiz guruhda yaxshi o‘yinlar ko‘rsata oladi va umuman, mundialda barchamizni xursand qiladilar. Argentina o‘z uyida o‘ynaydi, ularga ham bosim bo‘ladi. Ravshan aka Haydarov juda tajribali mutaxassis. To‘g‘ri taktik uslubni qo‘llay olsalar, Argentina bilan ham o‘ynasa bo‘ladi. Raqiblarga qarshi to‘g‘ri va aniq taktikalar tanlansa, natijalarimiz ajoyib bo‘ladi. Yaxshi qur’a bo‘libdi, ishonamanki, natijalarimiz ijobiy bo‘ladi.
Argentina uyida o‘ynaydi, birinchi o‘yin va ularga g‘alaba kerak bo‘ladi. Tabiiyki, mezbonlar ko‘proq hujumga ahamiyat qaratadilar. Lekin bizda albatta imkoniyatlar bo‘ladi. Uchrashuvning yaxshi natija bilan tugashining ehtimoli katta.
Albatta, Osiyo chempionimiz va shunga yarasha jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi. Axir bekordan-bekorga qit’a chempionligi qo‘lga kiritilmaydi. Raqiblar ham bizga qarshi jiddiy “nastroy” qilish harakatida bo‘ladilar. Baribir Osiyo chempionatida futbolchilarimizning ko‘rsatgan o‘yini, murabbiyning to‘g‘ri taktika tanlay olgani, har bir uchrashuvga alohida yondoshgani odamni xursand qildi. Ishonamanki, terma jamoamiz jahon chempionatida yaxshi natijalar ko‘rsatib, futbol ishqibozlarimizni quvontiradi.
Potensial? Bir narsa deyish qiyin. Bu jahon chempionati deyiladi. Bu o‘ziga yarasha ulkan futbol bayrami. Bu yerda katta ruhiy jarayon ham muhim sanaladi. Yevropa va yana boshqa qit’alarda bo‘lgani kabi bizning Osiyo qit’amizda ham futbol ancha rivojlandi, raqobatbardosh bo‘ldi. Ravshan aka Haydarov terma jamoamiz bilan guruhdan chiqadi. U yog‘iga Xudo berib, yana yurishini davom ettira oladi. Meninig shaxsiy fikrimcha, terma jamoamiz kamida 1\4 finalgacha yetib boradi. Terma jamoamiz mundialda yaxshi natija ko‘rsatsa, qolgan jamoalarimizga ham e’tibor yanada oshadi. O‘zbekiston futboli va uning rivoji uchun katta turtki bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Osiyo chempionatida himoyada o‘ynagan 3 ta o‘yinchimiz juda ham yoqdi. Balki familiyalari bo‘yicha adashib qolishim mumkin. Qolaversa, “Paxtakor”da o‘ynaydigan Abbos Fayzullayevning o‘yini ham yoqdi. Xoldorxonov ham ajoyib taassurot qoldirdi. “Rubin”dagi legionerimiz Umarali Rahmonaliyevni alohida ko‘rsatish mumkin. “Bunyodkor”dagi yigit yaxshi taassurot qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda, terma jamoamizdagi barcha yigitlarda xorij klublarida to‘p surishga imkoniyat bor. Barchasi o‘z qo‘llarida. Bu katta bozor bo‘ladi. Ajab emaski, jahon chempionatidan keyin ko‘plab futbolchilarimiz Yevropa klublariga borib o‘ynashsa! Osiyo chempionati ko‘rsatdiki, kuchli bo‘lsak kuchlimizki, lekin bizni hech bir raqibdan kam joyimiz yo‘q. Yana qaytaraman: jahon chempionatida terma jamoamiz yaxshi natija ko‘rsatadi”, - deydi Dilshod Nuraliyev.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi