22:11 / 20.07.2024
285

Parij—2024. Yaponiyalik gimnastikachi terma jamoadan chetlatildi

Parij—2024. Yaponiyalik gimnastikachi terma jamoadan chetlatildi
Foto: Sport-express
Yaponiyalik gimnastikachi tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgani tufayli Olimpiya terma jamoasidan chetlashtirildi.

Kyodo xabariga ko‘ra, sport gimnastikasi bo‘yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi sardori Syoko Miyata terma jamoadan chetlatilgan va Parij—2024 o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Avvalroq 19 yoshli Miyata Monakodagi yig‘inda chekkan va spirtli ichimliklar iste’mol qilganini tan olgandi. Sportchi buni musobaqada qatnashish uchun katta bosimni his qilgani sabab sodir etganini aytgan.

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lganlar uchun chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi.

Mamlakat gimnastika federatsiyasi (JGA) gimnastikachining o‘rniga boshqa sportchi qo‘yilmasligini aytdi. Odatda sportchini almashtirish uchun jarohat yoki biror kasallik aniqlanishi kerak.

2022 yilda Miyata Jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Yaponiyalik gimnastikachi terma jamoadan chetlatildi