O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi medallari 30 taga yetdi
1 daqiqa o'qish189

Aichi-Nagoyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar sonini 30 taga yetkazdi. Navbatdagi sovrinni sport gimnastikasi vakili Rasuljon Abdurahimov qo‘lga kiritdi.
Abdurahimov qo‘shpoyadagi mashqlar finalida 14,433 ball jamg‘arib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozir 6 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronza medal bor.
Rasuljon Abdurahimovning sovrini delegatsiyaning umumiy medallar jamg‘armasini 30 taga yetkazdi.
- #Aichi-Nagoya Osiyo o‘yinlari
- #Rasuljon Abdurahimov
- #O‘zbekiston sport delegatsiyasi
- #sport gimnastikasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…