16:40 / 01.02.2025
23 887

U20 Osiyo kubogi. Oʻzbekistonning guruh bosqichidagi oʻyinlari taqvimi

U20 Osiyo kubogi. Oʻzbekistonning guruh bosqichidagi oʻyinlari taqvimi
Xabaringiz bor, 6-23 fevral kunlari Xitoyda U20 Osiyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi Oʻzbekiston U20 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz guruh bosqichida Yaman, Indoneziya va Eron bilan bahs olib boradi.

Guruh bosqichi oʻyinlari taqvimi bilan tanishing:

1. 13 fevral kuni soat 14:15 da OʻZBEKISTON - Yaman;

2. 16 fevral kuni soat 16:30 da Indoneziya - OʻZBEKISTON;

3. 19 fevral kuni soat 16:30 da OʻZBEKISTON - Eron.

Ma'lumot oʻrnida, mazkur musobaqa Chilida boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham oʻtaydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025-yilgi yoshlar oʻrtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport