"Manchester Siti" klubi inqirozdan chiqib ketish uchun qishki transfer bozorida ancha faol boʻlishdi.
Ma'lumki, avvalroq klub hamyurtimiz Abduqodir Husanovdan tashqari, Vitor Reys (30 mln funt) va hujumchi Omar Marmushni (59 mln funt + 4 mln funt) sotib olgandi.
Transfer oynasi deyarli yakunlanayotgan bir pallada "shayxlar" "Portu" klubi sharafini himoya qilayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Niko Gonsalesni oʻz safiga qoʻshib oldi. Bu ma'lumotni Fabritsio Romano ham tasdiqlab ulgurdi.
"Niko Gonsales – "Man Siti" futbolchisi, here we go!", - deb yozgan Romano.
Manchesterliklar futbolchi transferi uchun 60 mln yevro toʻlaydi. Futbolchining "ajdarlar" bilan shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli aynan shuncha. E'tiborlisi, ushbu summaning 40% "Barselona"ga nasib qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar