Yevropa qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi jadal sur’atda davom etmoqda. 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan tur bahslarida bir qator yetakchi jamoalar navbatdagi g‘alabalarini qayd etishdi.
A guruhida Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Lyuksemburgni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Raum hisobni ochgan bo‘lsa, Kimmix penaltidan va jarima maydoni ichida aniq zarbalar yo‘llab dubl rasmiylashtirdi. Gnabri ham raqib darvozasini ishg‘ol etib, g‘alabani to‘liq mustahkamladi. Shimoliy Irlandiya esa Slovakiya ustidan 2:0 hisobida ustun keldi.
A guruhi. 3-tur
Germaniya — Lyuksemburg 4:0
Gollar: Raum (12), Kimmix (21 penalti, 50), Gnabri (48).
Germaniya — Baumann, Ta, Shlotterbek (Anton, 61), Raum (Braun, 82), Goretska, Pavlovich, Gnabri (Bayer, 68), Virts, Adeyemi (Bak-u, 61), Voltemade (Burkardt, 61).
Chetlatish: Karlson (20, Lyuksemburg).
Shimoliy Irlandiya — Slovakiya 2:0
Gollar: Groshovskiy (18, avtogol), Hum (81).
B guruhida Shveysariyaning zafarli o‘yini diqqat markazida bo‘ldi — ular safarda Shvetsiyani 2:0 hisobida yengib, jahon chempionati yo‘lida katta qadam tashlashdi. Jaka penaltidan hisobni ochdi, Manzambi esa o‘yin oxirida yakuniy nuqtani qo‘ydi. Bu g‘alaba orqali shveysariyaliklar guruhda yetakchilikni mustahkamladi. Kosovo va Sloveniya o‘rtasidagi bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
B guruhi. 3-tur
Shvetsiya — Shveysariya 0:2
Gollar: Jaka (65, penalti), Manzambi (90+4).
Shvetsiya — Yohansson, Lagerbiyelke, Hin, Gudmundsson, Sema (Svensson, 72), Ayyari, Karlstrom (Saletros, 65), Bergvall (Barji, 85), Bernhardsson (Holm, 72), Gokeresh, Isak.
Shveysariya — Kobel, Vidmer (Jake, 74), Elvedi, Akanji, Rodriges, Froyler, Jaka, Rider (Sou, 59), Ndoye, Embolo, Vargas (Manzambi, 84).
Kosovo — Sloveniya 0:0
D guruhida Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Ozarboyjonni 3:0 hisobida yengdi. Mbappe birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Rabio va Tovenning gollari fransuzlarga ishonchli g‘alaba olib keldi. Ushbu natija Fransiyani guruh yetakchisi sifatida yanada ishonchli holatga chiqardi.
Guruhning boshqa o‘yinida Ukraina Islandiya bilan haqiqiy “otishma” o‘tkazdi. Uchrashuvda 8ta gol urildi — ukrainlar 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionati yo‘lida muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Malinovskiy va Gutsulyakning gollari jamoani ruhan ko‘tardi, ikkinchi bo‘limda esa Kalyujniy va Ocheretko g‘alabani mustahkamladi.
D guruhi. 3-tur
Fransiya — Ozarboyjon 3:0
Gollar: Mbappe (45+2), Rabio (69), Toven (84).
Fransiya — Menyan, Gusto, Saliba, Upamekano, Ernandes, Tyuram, Rabio (Kamavinga, 71), Koman (Nkunku, 79), Olise (Akliush, 71), Ekitike (Mateta, 80), Mbappe (Toven, 83).
Islandiya — Ukraina 3:5
Gollar: Ellertson (35), Gudmundsson (59, 75) — Malinovskiy (14, 45+5), Gutsulyak (45), Kalyujniy (85), Ocheretko (89).
J guruhida yetakchilar bahsida Belgiya va Shimoliy Makedoniya 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘lishdi. Bu natija Belgiyani ikkinchi o‘rinda qoldirdi, Makedoniya esa bir ball farq bilan yetakchilikni saqlab qoldi.
J guruhi. 7-tur
Belgiya — Shimoliy Makedoniya 0:0
Belgiya — Kurtua, Kastan (Mene, 89), Debas, Teate, De Kuyper (Seys, 89), Vanaken (Onana, 74) Raskin, De Bryuyne, Salemakers (Openda, 59), Dok-u, Trossar (Fofana, 74).
Shunday qilib, saralashning navbatdagi turidan so‘ng Germaniya va Fransiya o‘z guruhlarida yetakchilikni mustahkamladi, Shveysariya jahon chempionati yo‘lida ishonch bilan olg‘a intilayapti, Belgiya esa keyingi turda yetakchilikni qo‘lga kiritish imkonini qidiradi.
Yevropa maydonlarida qizg‘in kurash davom etmoqda — jahon chempionati yo‘llanmalari uchun raqobat endigina qiziy boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!