date

Riyod-2025: To'rt bokschimiz finalda, ikki bronza


2025-yil 10-noyabr kuni Er-Riyodda bo'lib o'tayotgan VI Islom birdamlik o'yinlarida O'zbekiston boks terma jamoasi yarim final kunini muvaffaqiyatli yakunladi. Musobaqada qatnashgan sakkiz bokschimizdan to'rttasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi, ikki nafar ayol sportchimiz esa bronza medalini qo'lga kiritdi.

60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Madiyor Daniyarov Eron vakili Donyol Shohbaxsh ustidan 4:1 hisobida ishonchli g'alaba qozondi. 65 kg vazn toifasida Abdulloh Madaminov ham yorqin jang o'tkazib, Iroq vakili Ali al-Sarrayni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda, 57 kg vazn toifasida Humorabonu Mamajonova jazoirlik Shohira Selmunni 3:2 hisobida mag'lub etdi. 60 kg vazn toifasida Oydinaxon Ismoilova murakkab jangda pokistonlik Fotima Zahrani 3:2 hisobida yengdi.

51 kg vazn toifasida Zilolaxon Yusufova yarim finalda turkiyalik Rabia Topuzga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 54 kg vazn toifasida Uzukjamol Yunusova turkiyalik Ayshe Taskinga qarshi jangda 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: To'rt bokschimiz finalda, ikki bronza