date

Humo Alga ustidan 14:1 hisobida g'alaba qozondi


Toshkentning "Humo" jamoasi 2025/26 yilgi mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Qirg'izistonning "Bishkek Arena" muz maydonida "Alga" jamoasini 14:1 hisobida mag'lub etgan "Humo" futbolchilari ishonchli o'yin va yuqori natijaviylikni namoyish etishdi.

O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq toshkentliklar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi. Daniyel Kogan hisobni ochib, birga bir vaziyatni golga aylantirdi.

Javohir Rasulov ustunlikni ikki barobar oshirdi, oradan ko'p o'tmay Daler Dadahojayev uchinchi golni kiritdi. Birinchi bo'lim oxiriga kelib Kogan dubl qayd etib, hisobni 4:0 ko'rinishiga olib keldi.

Tanaffusdan keyin "Humo" ustunligini davom ettirdi. Diyorbek Xusanboyev beshinchi golni kiritdi, Kogan esa xet-trikni rasmiylashtirdi.

Bog'dan Xalevin yettinchi golni jamoasiga olib keldi, Kogan yana bir marta o'zini ko'rsatib, sakkizinchi golni kiritdi. "Alga"ning yagona goli Melisov tomonidan urildi — 8:1.

So'nggi bo'limda "Humo" hisobni yanada oshirdi. Timur Tillyahojayev 9:1ga yetkazdi, shundan so'ng Kogan o'zining to'rtinchi golini kiritib, poker qayd etdi.

Muhammadali Bahodirov hisobni 11:1ga, Artem Duychenko esa 12:1ga yetkazdi. Xusanboyev yana bir gol urib, dubl qayd etdi, so'nggi, 14-gol esa Timur Xabibov tomonidan kiritildi.

Jamoa o'zaro hamjihatlik, yuqori natijadorlik va a'lo darajadagi jismoniy tayyorgarlikni namoyish etdi. Ertaga "Humo" "Alga" bilan yana shu muz maydonida va shu vaqtda to'qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Humo Alga ustidan 14:1 hisobida g'alaba qozondi