
O‘zbekiston terma jamoasi IBA Jahon chempionatida yana bir muvaffaqiyatli kunni ortda qoldirdi. Bokschilarimiz beshta g‘alaba qozonib, ishonch bilan musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olishdi.
54 kg vazn toifasida Jalilov serbiyalik Artur Nagapetyanga qarshi jang o‘tkazdi. U o‘zining aniq va sovuqqon harakati bilan raqibni mag‘lub etib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va kuchli to‘rtlikdan joy oldi.
Navbatdagi chorak finalda Xalokov jangni birinchi soniyalardanoq o‘z nazoratiga oldi. O‘zbekistonlik sportchining yuqori sur’atiga ozarbayjonlik Mahammadali Ashiraliyev qarshilik ko‘rsata olmadi. Natija – 5:0, va Abdumalik yarim finalga yo‘l oldi.
67 kg vazn toifasida Muydinho‘jayev Qozog‘iston vakili Sanatali Toltayev bilan ringga chiqdi. Qat’iyatli va strategik harakatlar natijasida Asadxo‘ja 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
75 kg vazn toifasida Erkinboyev ozarbayjonlik Saidjamshid Jafarovni mag‘lub etdi. Haqamlar qaroriga ko‘ra, 5:0 hisobida O‘zbekiston bokschisi g‘olib bo‘ldi va yarim finalga yo‘l oldi.
+92 kg vazn toifasida Arman Maxanov kubalik tajribali bokschi Alexandro Lopesga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida o‘zbekistonlik sportchi har bir raundda ustunlik qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.