Konte Chelsi bilan o'yin oldidan Abramovichga minnatdorlik bildirdi

Konte Chelsi bilan o'yin oldidan Abramovichga minnatdorlik bildirdi

Napoli” bosh murabbiyi Antonio KonteChelsi”dagi faoliyati davrini iliq xotiralar bilan esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis 2016–2018 yillarda londonliklar bilan Angliya Premyer-ligasi va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan edi.

“Eng avvalo, janob Abramovichga rahmat aytmoqchiman. U va Marina (Granovskaya) menga xorijda ishlash bo‘yicha ilk imkoniyatni berishdi. Bu juda ajoyib tajriba bo‘ldi”, — deya Kontening so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Bobbi Vinsent keltirdi.

“Napoli” — “Chelsi” uchrashuvi 28 yanvar kuni Neapolda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Yetti turdan so‘ng “Chelsi” 13 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda, neapolliklar esa 8 ochko bilan 25-pog‘onani egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar